Bugun shaxmat bo‘yicha Chessable Masters onlayn turniri start oldi.

Pley-off tizimida o‘tkazilayotgan ushbu turnirning nimchorak finalida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Anish Giriga qarshi dona surdi.

Uchta partiya yakuniga ko‘ra, Nodirbek raqibini ikki marta mag‘lub etdi va bir marta durang o‘ynadi. Shu tariqa, 2,5 - 0,5 hisobida g‘alaba qozongan Abdusattorov musobaqa chorak finaliga yo‘l oldi.

Endi Nodirbek ertaga chorak final doirasida hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.