Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Abdusattarov Nodirbek -
o‘zbek shaxmatchisi, grossmeysteri (2017), shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatlari tarixdagi eng yosh chempion.
Reytinglar
2734
(2023-yilning fevral oyi)
Maksimal reyting
2725
Joriy reyting
1
O‘zbekistondagi o‘rni
faol o‘yinchilar o‘rtasida
10
Osiyodagi o‘rni
faol o‘yinchilar o‘rtasida
24
Jahondagi o‘rni
faol o‘yinchilar o‘rtasida
2023-yilda

2023-yil yanvar oyida Golandiyaning Veyk-an-Zee shahrida bo‘lib o‘tgan dunyoning eng nufuzli «TATA STEEL CHESS» xalqaro shaxmat turnirida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

2022-yilda

2022-yil avgust oyida Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 1-taxtada ishtirok etib o‘z taxtasida kumush medal, jamoa tarkibida olimpiada chempioni bo‘ldi;

2022-yil oktyabr oyidan boshlab xalqaro grossmeyster 17-jahon chempioni xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov bilan shug‘ullana boshladi.

2021-yilda

2021-yildan boshlab xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov bilan shug‘ullana boshladi;

2021-yil dekabr oyida Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida jahonning yetakchi shaxmatchilarini, shu jumladan 5 karra jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni ham mag‘lub etib shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha tarixda eng yosh jahon chempioni degan unvonga ega bo‘ldi.

2018-yilda

2018-yil noyabr oyida Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasida 1-taxtada ishtirok etib o‘zbek shaxmati tarixida birinchi marotaba jamoa tarkibida olimpiada chempioni degan unvoniga ega bo‘ldi.

2017-yilda

2017-yil – Grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi, shaxmat tarixida ikkinchi, jahonning o‘sha vaqtdagi eng yosh grossmeysteri nomiga sazovor bo‘ldi;

2017-yildan boshlab xalqaro grossmeyster Saidali Yuldashev bilan shug‘ullana boshladi;

2017-yil – Abdusattorov Nodirbek Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan 2017-yildagi yutuqlari uchun «Osiyoning eng yaxshi yosh shaxmatchisi» unvoniga sazovor bo‘ldi.

2016-yilda

2016-yil sentyabr oyida – xalqaro toifadagi sport ustasi bo‘ldi.

2012-yilda

2012-yil yanvar oyidan boshlab marhum xalqaro grossmeyster Dmitriy Qayumov bilan shug‘ullana boshladi. D. Qayumov bilan 2016-yilgacha shug‘ullandi;

2012-yil – «FIDE ustasi» unvoniga ega bo‘ldi.

2008-yilda

Shaxmat bilan 2008-yildan boshlab shug‘ullana boshlagan. Birinchi ustozi Ravshan Shukurov. Uni qo‘l ostida 2009-2011-yillarda shaxmat bilan shug‘ullandi.

Grossmeyster (2017) Xalqaro toifadagi sport ustasi (2016) Tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni (2021) Shaxmat olimpiadasi g‘olibi (2022) Tarixdagi eng yosh chempion (2021) Shaxmat bo‘yicha O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi (2012)
«Eng yaxshi 100 nafar o‘smirlar»

2015-yil aprel oyida 11 yoshida FIDEning «Eng yaxshi 100 nafar o‘smirlar» ro‘yxatiga kirdi va ushbu ro‘yxatga kirish yoshi bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

«Eng yaxshi 100 nafar o‘smirlar»

2015-yil aprel oyida 11 yoshida FIDEning «Eng yaxshi 100 nafar o‘smirlar» ro‘yxatiga kirdi va ushbu ro‘yxatga kirish yoshi bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

«Norway Chess» (Stavanger, Norvegiya)

Boshlanish sanasi: 29.05.2023
Tugash sanasi: 11.06.2023

«Armageddon Championship Series» (Berlin, Germaniya)

Boshlanish sanasi: 05.03.2023
Tugash sanasi: 05.06.2023

Germaniya Bundesliga (Germaniya)

Boshlanish sanasi: 25.02.2023
Tugash sanasi: 04.03.2023

Xalqaro shaxmat musobaqa (Dyuseldorf, Germaniya)

Boshlanish sanasi: 16.02.2023
Tugash sanasi: 25.02.2023

«Tata Steel Chess» (Veyk-an-Zee, Gollandiya)

Boshlanish sanasi: 13.01.2023
Tugash sanasi: 29.01.2023
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X