Qatar poytaxti Doha shahrida ayollar hamda erkaklar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishida FIDE jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Bugun, 30 dekabr kuni 70 dan ziyod davlatning 394 nafar shaxmatchisi ishtirok etgan jahon chempionatining blits yo‘nalishi ochiq musobaqalari finalida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingi peshqadami, sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan o‘yinda 2.5-1.5 hisobida Karlsen ustunlikka erishdi.
Nodirbek Abdusattorov blits yo‘nalishi bo‘yicha 2025 yilgi jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida qozog‘istonlik Bibisora Assaubayeva blits yo‘nalishida jahon chempionligini tantana qildi.



