Menyu
- Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li 2004-yil 18-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
- 2011-2022-yillarda Toshkent shahar Yashnoobod tumanidagi 152-o‘rta maktabda tahsil olgan.
- Hozirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida xalqaro menejment mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olmoqda.
- Shaxmat bilan 2008-yildan boshlab shug‘ullana boshlagan. Birinchi ustozi Ravshan Shukurov. Uni qo‘l ostida 2009-2011-yillarda shaxmat bilan shug‘ullandi.
- 2012-yil yanvar oyidan boshlab marhum xalqaro grossmeyster Dmitriy Qayumov bilan shug‘ullana boshladi. D. Qayumov bilan 2016-yilgacha shug‘ullandi.
- 2012-yil – «FIDE ustasi» unvoniga ega bo‘ldi.
- 2016-yil sentyabr oyida – xalqaro toifadagi sport ustasi bo‘ldi.
- 2017-yil – Grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi, shaxmat tarixida ikkinchi, jahonning o‘sha vaqtdagi eng yosh grossmeysteri nomiga sazovor bo‘ldi.
- 2017-yildan boshlab xalqaro grossmeyster Saidali Yuldashev bilan shug‘ullana boshladi.
- 2017-yil – Abdusattorov Nodirbek Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan 2017-yildagi yutuqlari uchun «Osiyoning eng yaxshi yosh shaxmatchisi» unvoniga sazovor bo‘ldi.
- 2018-yil noyabr oyida Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasida 1-taxtada ishtirok etib o‘zbek shaxmati tarixida birinchi marotaba jamoa tarkibida olimpiada chempioni degan unvoniga ega bo‘ldi.
- 2021-yildan boshlab xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov bilan shug‘ullana boshladi.
- 2021-yil dekabr oyida Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida jahonning yetakchi shaxmatchilarini, shu jumladan 5 karra jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni ham mag‘lub etib shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha tarixda eng yosh jahon chempioni degan unvonga ega bo‘ldi.
- 2022-yil avgust oyida Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 1-taxtada ishtirok etib o‘z taxtasida kumush medal, jamoa tarkibida olimpiada chempioni bo‘ldi.
- 2022-yil oktyabr oyidan boshlab xalqaro grossmeyster 17-jahon chempioni xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov bilan shug‘ullana boshladi.
- 2023-yil yanvar oyida Golandiyaning Veyk-an-Zee shahrida bo‘lib o‘tgan dunyoning eng nufuzli «TATA STEEL CHESS» xalqaro shaxmat turnirida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Shaxmat tarixidagi eng yosh beshinchi grossmeyster
2017-yilning 29-oktabrida 13 yoshu 1 oy 11 kunligida shaxmat bo‘yicha grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi. 2021-yil yanvar holatiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixidagi eng yosh beshinchi grossmeyster hisoblanadi.
Mukofotlar va yutuqlar
Grossmeyster Abdusattorov Nodirbekning barcha mukofotlari va yutuqlari bilan tanishish.
Reytinglar
Grossmeyster Abdusattarov Nodirbekning O‘zbekistondagi, Osiyodagi yoki Jahondagi reytingi va uning o‘zgarishi.
«Orzular ro‘yobga chiqadi!» —
Bu O‘zbekiston fuqarosi Nodirbek Abdusattorovning tarjimai holi shiori. Markaziy osiyolik shaxmatchi sportdagi o‘z karerasining avvalida Magnus Karlsenni o‘zining kumiri sifatida e’tirof etar edi, endi esa u nomdor norvegiyalik ustidan qozonilgan g‘alabasi bilan maqtanishi mumkin.
Suratda Nodirbek va uning otasi Fazliddin.
Unvon
- Xalqaro toifadagi sport ustasi (2016)
- Grossmeyster (2017)
- Tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni (2021)
- Tarixdagi eng yosh chempion (2021)
- Shaxmat olimpiadasi g‘olibi (2022)