Joriy yilning 1-7 may kunlari Shvetsiyaning Malmyo shahrida klassik shaxmat bo‘yicha o‘tkaziladigan yilning eng nufuzli turnirlaridan biri - “Tepe Sigeman & Co Chess Tournament 2026” musobaqasida ishtirok etadigan 8 nafar qatnashchining 2 nafari nomi ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki ishtirokchi sifatida FIDE reytingi yetakchisi, norvegiyalik Magnus Karlsen belgilangan bo‘lsa, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ikkinchi qatnashchi maqomiga ega bo‘ldi.
Bundan ikki yil muqaddam o‘tkazilgan “Tepe Sigeman & Co Chess Tournament 2024” musobaqasida Abdusattorov tay-brekda hindistonlik Arjun Erigaisini dog‘da qoldirib, g‘oliblikka erishgan edi.
O‘tgan yilgi “Tepe Sigeman & Co Chess Tournament 2025” bahsida Javohir Sindorov 7 ta turdan iborat o‘yinda biron marta ham mag‘lubiyatga uchramasdan 4,5 ochko bilan 1-o‘rinni egallagan.



