Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo‘yicha poyoniga yetgan "Superbet Chess Classic Romania" turnirini hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 4 ochko bilan yakunladi.

"Grand Chess Tour" seriyasidagi besh turnirning biri bo‘lgan "Superbet Chess Classic Romania" musobaqasi hamyurtimiz uchun garchi u qadar omadli kechmagan bo‘lsada, u 10 nafar mahoratli shaxmatchilar orasida 8 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat evaziga 4 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

07-07-24

Bu, o‘z navbatida Nodirbek Abdusattorovning 14 500 AQSH dollari miqdoridagi mukofotga ega chiqishini ta’minladi.

07-07

Nufuzli turnirda g‘oliblikka erishgan amerikalik Fabiano Karuana 68 750 AQSH dollariga, keyingi o‘rinlarni egallagan shaxmatchilar ham musobaqa nizomiga asosan tegishli tartibda mukofot pullariga ega bo‘ldi.