Mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tkazilgan “Tata Steel Chess-2026” turnirida g‘oliblikka erishdi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli grossmeysteri Abdusattorov musobaqa davomida barqaror va yuqori saviyada o‘yin namoyish etib, 13 tur yakunlariga ko‘ra, 9 ochko jamg‘ardi.

Hamyurtimiz turnirning so‘nggi 13-turida qora donalarda Arjun Erigaysi bilan kuch sinashib, raqibini 55-yurish holatida taslim qildi.

Mazkur g‘alaba ortidan Nodirbek ochkolari sonini 2862 ballga yetkazib, FIDE reytingida kuchli beshlikka ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov, “Tata Steel Chess” turnirining 2023 yilgi musobaqasida 2-o‘rinni, 2024 va 2025 yillari esa 3-pog‘onani band etgandi.