Boshlanish sanasi: 26.02.2024 y.
Tugash sanasi: 07.03.2024 y.

Chexiya poytaxtida davom etayotgan “Prague International Chess Festival-2024” turnirining ortda qolgan 3-tur o‘yinlaridan keyin Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan eronlik Parham Magsudluga yaqinlashdi.

Nufuzli musobaqaning kecha poyoniga yetgan 3-turida Abdusattorov chexiyalik David Navarrani 44-yurishda taslim etdi.

Bugun, 1 mart kuni o‘tkaziladigan 4-tur o‘yinlarida Nodirbek hindistonlik Gukesh bilan kuch sinashadi. Shuningdek, ushbu turda David Navarra – Parham Magsudlu, Richard Rapport – Vinsent Kaymer, Nguyen Tay Day Van – Praggnanandxaa, Santosh Gudjrati Vidit – Mateush Bartelь, bahslari bo‘lib o‘tadi.

Pragada o‘tayotgan turnirning yakunlangan 3-tur o‘yinlaridan so‘ng Abdusattorov xalqaro reytingda 2757 ochkoli bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 7 martga qadar davom etadigan ushbu musobaqa 9-turdan iborat.

T. Ro‘ziyev, O‘zA