Islandiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov muddatidan oldin yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Nodirbek turnirning 1- va 2-turlarida rossiyalik Yan Nepomnyashiy va mazkur yo‘nalishda amaldagi chempion Wesley So, 3- va 4-turlarida islandiyalik grossmeyster Steyn Gretarssonni mag‘lubiyatga uchratdi.

Nodirbek Abdusattorov 8 imkoniyatdan 7.5 ochko jamg‘arib, guruh bosqichi yakunlanishiga 2 tur qolganda barcha nomdor raqiblaridan oldin yarim final masalasini hal qildi.