12 sentyabr kuni Budapeshtda o‘tayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 2-tur bahsida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Misr vakillari bilan kuch sinashdi.

2-turda erkaklar terma jamoamiz Misr jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Shaxmatchilarimizdan Nodirbek Abdusattorov Nodirbek Yoqubboyev Javohir Sindorov raqiblari bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidovning g‘alabasi hamyurtlarimizga muvaffaqiyatni tortiq etdi.

45-chess

O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar Angola terma jamoasini 2:0 hisobida yengdi. Vakillarimizdan Afruza Hamdamova va Nilufar Yoqubova murosa yo‘lini tanladi. Umida Omonova hamda Marjona Malikova g‘alabaga erishdi.

45-fide-1