Xorvatiya poytaxti Zagrebda o‘tgan "Grand Chess Tour" tizimidagi navbatdagi “Rapid & Blitz Croatia” turnirining blits bahslarida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kecha o‘tkazilgan blits musobaqalarining oxirgi 9 ta turi davomida Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh, Magnus Karlsen, Rameshbabu Praggnanandxani mag‘lubiyatga uchratdi.

Mukofot jamg‘armasi 175 ming AQSH dollaridan iborat xalqaro turnirning umumiy natijalariga ko‘ra, Magnus Karlsen 22,5 ochko bilan g‘oliblikni tantana qildi. Keyingi pog‘onalarni Uesli So va Dommaraju Gukesh egalladi. Nodirbek Abdusattorov 18 ochko bilan 7-pog‘onani band etdi.

07-07-2025

Musobaqaning rapid yo‘nalishida sovrinli o‘rinlar Dommaraju Gukesh, Magnus Karlsenga tegishli bo‘lgan vaziyatda blits musobaqalarida Magnus Karlsen, Uesli So va Nodirbek Abdusattorov kuchli uchlikdan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro turnir g‘olibi 40 ming, 2-o‘rin 30 ming, 3-o‘rin 25 ming, 4-o‘rin 20 ming, 5-o‘rin 15 ming, 6-o‘rin 11 ming, 7-o‘rin 10 ming, 8-o‘rin 9 ming, 9-o‘rin 8 ming, 10-o‘rin 7 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, musobaqada eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan shaxmatchilar "Grand Chess Tour" tizimidagi keyingi turnirlarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.