15-26 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha "WR Chess Masters" turniri tashkil etiladi.

Sovrin jamg‘armasi 130 ming yevroni tashkil etadigan turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.

Turnirda umumiy hisobda 10 nafar shaxmatchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Musobaqada Nodirbekdan tashqari Yan Nepomnyashiy, Anish Giri, So Uesli, Levon Aronyan, Yan-Kristof Duda, Gukesh, Vinsent Keymar, Pragnananda, Andrey Yespienko kabi grossmeysterlar dona surishadi.