2023-yil yanvar oyida Golandiyaning Veyk-an-Zee shahrida bo‘lib o‘tgan dunyoning eng nufuzli «TATA STEEL CHESS» xalqaro shaxmat turnirida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
2022-yil avgust oyida Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 1-taxtada ishtirok etib o‘z taxtasida kumush medal, jamoa tarkibida olimpiada chempioni bo‘ldi;
2022-yil oktyabr oyidan boshlab xalqaro grossmeyster 17-jahon chempioni xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov bilan shug‘ullana boshladi.
2021-yildan boshlab xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov bilan shug‘ullana boshladi;
2021-yil dekabr oyida Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida jahonning yetakchi shaxmatchilarini, shu jumladan 5 karra jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni ham mag‘lub etib shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha tarixda eng yosh jahon chempioni degan unvonga ega bo‘ldi.
2018-yil noyabr oyida Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasida 1-taxtada ishtirok etib o‘zbek shaxmati tarixida birinchi marotaba jamoa tarkibida olimpiada chempioni degan unvoniga ega bo‘ldi.
2017-yil – Grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi, shaxmat tarixida ikkinchi, jahonning o‘sha vaqtdagi eng yosh grossmeysteri nomiga sazovor bo‘ldi;
2017-yildan boshlab xalqaro grossmeyster Saidali Yuldashev bilan shug‘ullana boshladi;
2017-yil – Abdusattorov Nodirbek Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan 2017-yildagi yutuqlari uchun «Osiyoning eng yaxshi yosh shaxmatchisi» unvoniga sazovor bo‘ldi.
2016-yil sentyabr oyida – xalqaro toifadagi sport ustasi bo‘ldi.
2012-yil yanvar oyidan boshlab marhum xalqaro grossmeyster Dmitriy Qayumov bilan shug‘ullana boshladi. D. Qayumov bilan 2016-yilgacha shug‘ullandi;
2012-yil – «FIDE ustasi» unvoniga ega bo‘ldi.
Shaxmat bilan 2008-yildan boshlab shug‘ullana boshlagan. Birinchi ustozi Ravshan Shukurov. Uni qo‘l ostida 2009-2011-yillarda shaxmat bilan shug‘ullandi.
- Ulashish:



