Nodirbek Abdusattorov "Rost24" tanlovida jurnalistlar va blogerlar bergan ovozga ko‘ra "Yil odami" deb topildi.

Shaxmatchimiz ayni paytda Niderlandiyadagi musobaqada bo'lganligi bois, sovrinni Nodirbekning otalari Fazliddin Ochilov qabul qilib oldilar.

Bu e'tirofga u qanday natijalari uchun erishdi?
  • Rapid yo‘nalishida shaxmat tarixida eng yosh jahon chempioni bo‘ldi (2021-yil dekabr);
  • Sharjah Masters 2022 xalqaro turnirida 1-o‘rin (2022, may);
  • Rustam Qosimjonovning 25 yillik yetakchiligiga chek qo‘yib, O‘zbekistonning reytingi eng yuqori shaxmatchisiga aylandi (2022, iyun);
  • O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida (1-taxta) Jahon shaxmat olimpiadasi chempioni (2022, avgust);
  • Rustam Qosimjonovdan so‘ng reyting bali 2700 dan oshgan o‘zbekistonlik ikkinchi shaxmatchi bo‘ldi (2022, avgust);

Shuningdek,
  • "Mard o‘g‘lon" davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi;
  • "O‘zbekiston" teleradiokanali "Yil faoli - 2022" tanlovida "Yilning eng yaxshi sportchisi" deb topildi;
  • Tata Steel Chess - 2023 musobaqasida Magnus Karlsenni mag‘lub etib, Mixail Chigorin klubi (klassik shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempionini rasmiy musobaqalarda kamida bir marta mag‘lub etgan shaxmatchilar ramziy klubi) a'zosi bo‘ldi;
  • Tigran Petrosyan klubi (klassik shaxmat bo‘yicha amaldagi reytingi eng yuqori bo‘lgan shaxmatchini rasmiy musobaqalarda kamida bir marta mag‘lub etgan shaxmatchilar ramziy klubi) a'zosi bo‘ldi.